+998 (62) 35-21-818
Mevazor mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 1-uy
Voqealar taqvimi
«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi
4-12-2020, 16:03 Chop etish


2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oliy darajadagi samarali muloqot tufayli O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali hamkorligi keyingi yillarda jadal sur’at bilan rivojlanayotgani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini davlatimiz rahbari katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Dmitriy Kozak O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tadbirlar kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro siyosatning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.


Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati virtual qabulxonasi
Sizga Xorazm viloyati Urgnach tumani xalq deputatlari kengashi virtual qabulxonasi orqali elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda bevosita Xorazm viloyati Urganch tumani xalq deputatlari kengashiga elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, Siz murojaat yuborilganda taqdim etilgan kalit raqami yordamida murojaatingiz maqomini tekshirib ko'rishingiz mumkin.