« Октябрь 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
«Parlament o‘yinlari» sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va devoni xodimlari o‘rtasida joriy yilning 9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi kubogi uchun «Parlament o‘yinlari» sport musobaqalari viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tgan sport musоbaqalarida 13 ta tuman va shahar mahalliy Kengashi deputatlari sportning stol tennisi, badminton, valeybol va mini futbol turlarida o‘zaro kuch sinashdilar.
Mazkur musobaqalarda Urganch tumani deputatlari ham faol ishtirok etdilar hamda badminton sport turi bo‘yicha 9-Do‘stlik saylov okrugi deputati Sh.Kurbansaidova faxrli 3-o‘rinni, mini futbol sport turi bo‘yicha tumanimiz deputatlaridan iborat “Manguberdi izdoshlari” jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladilar.