Xorazm viloyati Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi / XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI

XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI

XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHINING
 O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI
Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, deputatlar, tegishli idora-tashkilot rahbarlari xamda ommaviy axborot vositalari hodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida: 
-2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021 yil 1 choragidagi ijrosi bo‘yicha; 
-Sudlar faoliyatida fuqarolar huquq va erkinliklari, korxona, tashkilot va muassasalarning   huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan   ishlar to‘g‘risida;
-Qonun ijodkorligi faoliyatini tashkil etish, qonunlarni ijrochilar, aholiga etkazish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish, ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish hamda huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilishi to‘g‘risida; 
- Joriy yilning 1–choragi davomida tumanda murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida;
- Joriy yilning 1–choragi davomida sektorlar hamda tashkilot rahbarlari tomonidan tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan, amalda to‘langan va ular bo‘yicha hisoblangan soliq qarzdorligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlari hisobotlari tinglandi, shuningdek, sessiya davomida deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
 
  
19.05.2021y
 22-S.Raximov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Shokirjon Xudayberganovning Amudaryo Chap Qirg‘oq suvdan foydalanish bosh boshkarmasiga chikarilgan deputatlik so‘roviga amaliy natija bilan javob kaytarilmokda.Urganch shaxar va Urganch tumani Shermatlar, Besh ayvon, Uchko‘prik mahallalari xududidan kesib o‘tuvchi Chakkayop kanalida qazish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Qazish ishlariga UNS korxonasi va Urganch shaxar Obodonlashtirish boshqarmasiga kilingan iltimos ham erda qoldirilmadi ular ham texnikadan yordam berishmokda.
22-05-2021, 17:39
Sahifaga qaytish