+998 (62) 35-21-818
Mevazor mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 1-uy
Voqealar taqvimi
«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
26-07-2023, 22:04 Chop etish

      Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining yetmish sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar.

 Sessiya kun tartibida:

  1. Masharipovani xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etish to‘g‘risida.

 

  1. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlash to‘g‘risida.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ408-sonli Qarorning ijrosi hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

 

  1. Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 2-chorak orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

 

  1. Tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlari to‘g‘risida.

 

  1. 4-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish va qaytadan ro‘yxat shakllantirish bo‘yicha

 

  1. Joriy yilning 2-chorak yakuni bo‘yicha tuman xalq qabulxonasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda mahallalarga biriktirilgan “Shoxidonlar, G‘alaba, Uyshin, Yuqoriovul” mahallasi hokim yordamchilarining faoliyatini o‘rganish yuzasidan.

 

  1. Urganch tumanida 2023-yilning o‘tgan 6 oyi davomida aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.                                                                                                                                                                                            Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda muloxazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.
       Shuningdek, bugungi bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining yetmish yettinchi sessiyasi tuman hokimligining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi: https://fb.watch/m0pwNwuNw-/?mibextid=Nif5oz


Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati virtual qabulxonasi
Sizga Xorazm viloyati Urgnach tumani xalq deputatlari kengashi virtual qabulxonasi orqali elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda bevosita Xorazm viloyati Urganch tumani xalq deputatlari kengashiga elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, Siz murojaat yuborilganda taqdim etilgan kalit raqami yordamida murojaatingiz maqomini tekshirib ko'rishingiz mumkin.