« Октябрь 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining yetmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosi hamda tumanda aholi daromadlarini oshirish, kambag‘al oilalarning ro‘yxatini qaytadan shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati Urganch tumani bo‘limi tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan.
2023-yil 2-choragi davomida hududdagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha olib borilgan ishlari to‘g‘risida.
Urganch tumani 3-sektor hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilkatikasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2023-yilning 2-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ishlar “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash to‘g‘risida.
Urganch tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori mayor J.Qalandarovning joriy yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisoboti to‘g‘risida.
Urganch tuman mahalliy budjetining 2023-yil 2-chorak ijrosi yuzasidan.
Urganch tumani aholisining markazlashgan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish hamda Kengash deputatlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi. Shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.