« Октябрь 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining sakson birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida:
Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘al oilalarning ro‘yxatini qaytadan shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan sudga da’vo ariza kiritish haqida.
Urganch tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zahiradagi va kelgusida zahiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Sapaevning tuman xalq qabulxonasi tomonidan 2023-yil 3-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
Tuman hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining tumanda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining ijrosi hamda xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi. Shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.