+998 (62) 35-21-818
Mevazor mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 1-uy
Voqealar taqvimi
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi
15-02-2021, 15:45 Chop etish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrining Xonqa ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi.Bu yerda har biri 54 kvartirali to‘rtta 9 qavatli turar joy qurilmoqda. Monolit usulida, energiyatejamkor qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilmoqda. Xonadonlar tayyor holda topshiriladi. Yaqin oylarda bu yerga aholi ko‘chib kelib, hudud zamonaviy mavzelardan biriga aylanadi.
Davlatimiz rahbari uyning shourumini kirib ko‘rdi. Mebellar, muhandislik tarmoqlarining sifatiga e’tibor qaratdi. Ko‘p qavatli uylarga malakali xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shu yerda Xorazmda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari, xususan, Urganch shahridagi «Binary» xalqaro universiteti uchun yangi bino barpo etish, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, ko‘prik qurish, kommunal xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.


Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati virtual qabulxonasi
Sizga Xorazm viloyati Urgnach tumani xalq deputatlari kengashi virtual qabulxonasi orqali elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda bevosita Xorazm viloyati Urganch tumani xalq deputatlari kengashiga elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, Siz murojaat yuborilganda taqdim etilgan kalit raqami yordamida murojaatingiz maqomini tekshirib ko'rishingiz mumkin.